Jumladan, joriy yilning 21-oktyabr kuni Mirzaobod tuman Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya bo’limi tomonidan «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz » mavzusi ostida huquqiy adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etilib, foydalanuvchilar ommasiga taqdim etildi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek “2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan” . Shuningdek, «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi keng targ‘ib etilmoqda.


