Barchamizga ma’lumki, viloyat hokimi tashabbusi bilan aholi va yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish maqsadida mahallalarda kitobxonlik aksiyalari o‘tkazilishi belgilab berildi.

2025-yil 24-oktabr kuni Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Do‘ngariq” mahallasida “Bir mahalla – bir kitob” aksiya tadbiri tashkillashtirildi. Aksiya mahalladagi Mirzaobod tuman Politexnikumida o’tkazildi. Tadbir davomida markaz xodimlari tomonidan mahalla aholisi va yoshlari o‘rtasida qiziqarli viktorinalar, she’rxonlik va “Men sevgan asar” nomli mutolaa davrasi tashkil etildi. Shuningdek kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim qilindi. Tadbirda faol ishtirok etgan kitobxonlar markaz tomonidan esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan