O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi «O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risida»gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 28- oktyabr kuni Mirzaobod tumani axborot – kutubxona markazi tomonidan Mirzaobod tuman “Dehqonobod” MFY da joylashgan “Nihol 33” nomli Madaniyat saroyida ko’chma kutubxona tashkil etish bo’yicha 2025 – yil uchun shartnoma imzolandi. Muassasa xodimi Dilrabo Roziqova bilan ularga kerakli va zarur adabiyotlar hamda adabiyotlarni almashtirib turish borasida suhbatlashildi.


