🎓 Yosh avlodning har tomonlama yetuk, mustaqil fikrli va yuksak salohiyatli insonlar etib tarbiyalashda barcha ta’lim muassasalari kabi kutubxonalar ham asosiy ko‘makchidir. Joriy yilning 19- noyabr uni Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markaziga ilk marotoba tashrif buyurgan Guliston Davlat Pedagogika Instituti qoshidagi Akademik litseyi o’quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi.



Kitobxonlarni kutubxona xodimlari ziyo maskanining har bir xizmati, tashkil etilgan doimiy ekspozitsiyalar hamda “Ma’naviyat burchagi” bilan yaqindan tanishtirdi. Kitobxonlarga kutubxona haqida batafsil ma’lumotlar berildi, kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.


