Bugun yurtimiz bo‘ylab go‘zallik, mehr-oqibat, sadoqat va matonat timsoli bo‘lgan aziz ayollarimizga ehtirom ko‘rsatiladigan, ularning jamiyatimizdagi o‘rni va xizmatlari yuksak qadrlanadigan qutlug‘ sana — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan markazimizda faoliyat yuritayotgan barcha fidoyi, bilimdon va tashabbuskor ayol xodimalarimizni ushbu go‘zal bahor bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ayollar — hayotimizning fayzi, oilamizning ustuni, jamiyatimizning tayanchi hisoblanadi. Sizlarning kutubxona sohasidagi mas’uliyatli mehnatingiz, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishdagi sabr-toqatingiz, bilim va ma’rifatni targ‘ib qilishdagi fidoyiligingiz tahsinga loyiqdir. Har biringiz o‘z faoliyatingiz bilan kitobxonlar qalbida kitobga, ilmga va ma’naviyatga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Sizlarning mehringiz, samimiyligingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz kutubxonamiz faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa yosh avlodni kitobxonlikka jalb etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitishda ayol kutubxonachilarning o‘rni beqiyosdir.

Aziz va muhtarama ayollar!
Sizlarni yana bir bor 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, cheksiz quvonch, farzandlar kamolini ko‘rish baxti hamda ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Doimo e’zozda bo‘ling, aziz ayollar!
Bahoriy kayfiyat, baxt va omad sizlarni hech qachon tark etmasin! 🌸

Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan