Siyosiy qatag‘on qurbonlari – 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda paydo bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy harakatning ishtirokchilari bo‘lgan jadidchilar o‘z jamiyatini zamonaviylashtirishni, ta’lim tizimini isloh qilishni maqsad qilgan jadidchilik harakati namoyondalari sifatida avlodlar tomonidan ulug’lanib kelmoqda. Joriy yilning 25- mart kuni Mirzaobod tuman Axborot-kutubxona markazida siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlanib “XIX asr ma’rifat va jamiyat asoschilari” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. TAKM xizmat rahbari Malika Abduqodirova markazga tashrif buyurgan kitobxonlarga ushbu ko‘rgazmani tanishtirar ekan, istiqlol va ma‘rifat fidoyilari haqida ma’lumotlar berdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan