Kitob – insonning beminnat do‘sti, maslahatgo‘yi, aql charhlovchisi va bilimlar manbaidir. Ziyo chashmasi bo‘lgan kitoblar o‘z o‘quvchilariga ajoyib va g‘aroyib ma‘lumotlarni beradi. Joriy yilning 15- iyun kuni Mirzaobod tuman axborot – kutubxona markaziga Mirzaobod tuman hokimligi tomonidan sovg’a qilingan adabiyotlar asosida «Yangi kelgan oʻzbek adabiyotlari» nomli koʻrgazma tashkil etildi. Koʻrgazmadan joy olgan turli mavzudagi o‘zbek adabiyoti durdonalari foydalanuvchilar ommasiga birdek manzur boʻlmoqda.



