Joriy yilning 18- iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 13-apreldagi 40-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzaobod tuman axborot – kutubxona markazi xodimlari 35-maktab qoshidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida kitobxonlik tadbirini o‘tkazishdi. “Bir asar tarixi” ruknida o‘tkazilgan tadbirda “Jayhun va Alanga ” kitobini taqdimotini oʻtkazishdi, tadbirida oromgohning o‘quvchi – kitobxonlari ishtirok etishdi. Ularga TAKM mutaxassisi Dildora Xusanova bolajonlarga ushbu kitobni qiziqarli lavhalaridan o‘qib berdi. Bolajonlar ham bu asar haqida oʻzlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Asar qahramonlari to‘g‘risidagi baxslashuv va tortishuvlar tadbirni yanada boyitdi.


