Kitob insonning eng yaqin do‘sti bo‘lsa, kutubxona esa kitoblar xazinasi hisoblanadi. Shuning uchun har bir inson kutubxonadan unumli foydalanib, o‘z bilim va dunyoqarashini kengaytirishi kerak. Joriy yilning 24- iyun kuni Mirzaobod tuman axborot – kutubxona markaziga Mirzaobod tuman hokimligi tomonidan sovg’a qilingan adabiyotlar asosida yana bir «Yangi kelgan bolalar adabiyoti» nomli koʻrgazma tashkil etildi. Koʻrgazmadan joy olgan turli davrning o‘ziga xos ijodkorlarining durdona asarlari foydalanuvchilar ommasiga taqdim etildi.