Bugun Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi «Milliy liboslar kuni» munosabati bilan ish jarayonlarida milliy liboslarda faol ishtirok etdi.

Milliy liboslar – xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari, urf-odat va an’analarini o’zida mujassam etgan bebaho merosdir. Ularni e’zozlash va keng targ’ib etish milliy o’zligimizni asrash hamda kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalqimizning boy madaniy merosini keng targ‘ib etish hamda milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirish maqsadida yurtimizda har hafta juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tashabbus milliy o‘zlikni anglash, an’ana va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi ham “Milliy liboslar kuni” tadbirida faol ishtirok etib, ish jarayonlarini milliy liboslarda olib bordi. Atlas va adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslar ish muhitiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi hamda xalqimizning boy madaniy merosi va estetik didini namoyon etdi.

Milliy liboslar nafaqat tashqi ko‘rinish, balki xalqimizning tarixi, qadriyatlari va ma’naviy merosining yorqin ifodasidir. Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan an’analarni davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi bundan buyon ham milliy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi.