Joriy yilning 16- iyul kuni “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yarataylik” shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi. Tadbirlar RMMM Mirzapbod tuman bo‘limi, Bolalar va o‘smirlar sport maktabi va Mirzaobod tuman AKM mas’ulliklari ostida o‘tkazildi. Markaz xodimlari tomonidan tadbir ishtirokchilari uchun yangi adabiyotlar asosida «Kitob ko‘rgazmasi» tashkil etildi. Shuningdek, “Kitobga oshno qalblar” mavzusida kitobxonlik targ‘ibot-tashviqot tadbiri ham o‘tkazildi.



