Xalqimiz azaldan hasharni mehr-oqibat, hamjihatlik va obodlik timsoli sifatida qadrlab keladi. Bugun har birimiz ushbu xayrli tadbirda faol ishtirok etib, yurtimiz obodligi va pokligiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz – ham qarz, ham farzdir.

Shu munosabat bilan Mirzaobod tuman Axborot-kutubxona markazida ham “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida hashar tadbiri tashkil etildi. 📖✨

Hashar davomida markaz hududi tozalanib, atroflar tartibga keltirildi, yashil maydonlar parvarish qilindi. Xodimlar bir yoqadan bosh chiqarib, yurtimiz ravnaqi va obodligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat atrof-muhitni obod qiladi, balki jamoada hamjihatlik va birdamlikni yanada mustahkamlaydi. 🌱🤝

Yurt obodligi – har birimizning qo‘limizda!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan