O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi «kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o’qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-9-son qarori ijrosini amalga oshirish 2026-2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasi (bir odam o’qiydigan kitob soni) ni yiliga o’rtacha 10 ta kitobga yetkazish maqsadida Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 1- sonli maktabda kitob taqdimotini o‘tkazishdi. Maktabning 10- sinf o‘quvchilariga markaz kutubxonasiga yangi kelgan adabiyotlardan “Bolalik kunlarimda” nomli kitob yaqindan tanishtirildi. Inson hayotining eng go‘zal damlaridan biri bolalikdir. Bolalikdagi orzu-umidlar, yorug‘ xayollar katta hayot yo‘lini belgilaydi. Ushbu kitobda bolalik bilan bog‘liq voqea hodisalar bayon etiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan