Temuriylar davri tarixini o‘rganish va ilmiy natijalarni keng targ‘ib etish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ning 24-26- bandlarini amalga oshrish bo‘yicha Mirzaobod TAKMning “Chora-tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7-aprel kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘shlahgan “Temuriylar renessansi” asoschisi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning “Temuriylar renessansi” asoschisi sifatida qoldirgan merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda 19- maktabnin yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.


