Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ishlab chiqilgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” chora-tadbirlar rejasiga asosan 17- aprel kuni haftaligning yopilishi munosabati bilan “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Mirzaobod tuman axborot – kutubxona markazi tomonidan bir hafta mobaynida o’tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan kitobxonlarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tadbirda RMMM tuman bo‘limi mutaxassisi Guljahon Xolmuradova, maktablardan o‘qituvchi va o’quvchilar, litsey o’quvchilari, MTT tarbiyalanuvchilari hamda markaz jamoasi ishtirok etdi.



TAKM xizmat rahbari Risxol Umarova “Kitobxonlik haftaligi” doirasida hafta mobaynida bo‘lib o’tgan tadbirlarning sermazmun, qiziqarli va namunali o‘tishida markaz bilan hamkorlik qilib, faol ishtirok etganliklari uchun RMMM tuman bo‘limiga, umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalariga, Guliston Pedagogika Akademik litseyiga – barcha kitobxonlarga markaz nomidan tashakkur bildirdi.


Shuningdek mas’uliyat bilan ish olib brogan TAKM xodimlariga ham minnatdorchilik bildirdi. Mirzaobod TAKM tomonidan haftalik tadbirlarida faol ishtirok etgan kitobxonlarga “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alar taqdim etildi. Tadbirda jajji kitobxonlar tomonidan tayyorlangan raqs va qo’shiqlar ijro etildi.



