Joriy yilning 15-may kuni Miraobod tumani Axborot-kutubxona markazi 1- sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda «Ulug‘ yo‘lda ulg‘aygan ayol» mavzusida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi. Oʻzbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi Halima Xudoyberdiyevaning tavalludiga bag’ishlangan ushbu tadbirda shoiraning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida kitobxonlar tomonidan adibaning she’rlaridan namunalar aytildi. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli bo’lib o’tdi. O’quvchilar shoiramiz ijodi haqida o’ziga kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan