Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazida joriy yilning 21- iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 6- fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ – 46- sonli qarori ilovasida belgilangan ishlarni amalga oshirish maqsadida ko’rgazma tashkil etildi. TAKMning ma’naviy ishlari bo’yicha mas’ul xodimi Malika Abduqodirova kutubxonaga tashrif buyurgan keng qamrovli kitobxonlarga “Siz o‘z huquqingizni bilasizmi” nomli ko’rgazma borasida ma’lumotlar berdi.


