“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yarataylik” shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari yana davom etmoqda. 18-avgust kuni ushbu tadbirlar “Yo’ldoshobod” mahallasida tashkil etildi. Tadbirlar RMMM Mirzapbod tuman bo‘limi, Bolalar va o‘smirlar sport maktabi va Mirzaobod tuman AKM mas’ulliklari ostida o‘tkazildi. Markaz xodimlari tomonidan tadbir ishtirokchilari uchun yangi adabiyotlar asosida “Kitob bizning do’stimiz” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari va mahalla yoshlari bilan kitobxonlik targ‘ibot-tashviqot tadbiri ham o‘tkazildi.