Mehnat va fidoyilik e’tirofi: Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ko‘krak nishonlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh davlat tashkilotlari xodimlari, tadbirkorlar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillariga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi o’tkazildi.

Tantanali marosimda Mirzaobod tumani hokimi AbduraximUmarov ishtirok etib, yig‘ilganlarni qutlug‘ sana Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan tabriklab, Yurt ravnaqi, hududlar obodligi va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan insonlarning xizmatlarini munosib e’tirof etdi.

Shundan so‘ng Mustaqillik bayramining 35 yilligi munosabati bilan munosib deb topilgan nomzodlarga va Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimi Matluba Sulaymonovaga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.