21- oktyabr – O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Mirzaobod tuman axborot kutubxona markazining chora-tadbirlar rejasiga asosan 20- oktyabr kuni “Ona tilim -faxrim”mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Markaz xizmat rahbari Malika Abduqodirova milliy g’ururimiz bo’lgan o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun borasida ishtirokchilarga ma’lumotlar berdi. Tadbirda tumandagi MFY yettiligi vakillari ishtirok etishdi va mavzu borasida so’zga chiqishdi. Tadbir so’ngida mahalla faollari markaz kutubxonasiga a’zo bo’lishdi.



