Aholiga axborot -kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini ro’yobga chiqarish bo’yicha kutubxonalarga kitobxonlarni jalb etish maqsadida 19- noyabr kuni Mirzaobod tuman axborot -kutubxona markazi fondiga qabul qilingan yangi adabiyotlar asosida “Yangi kelgan adabiyotlar” nomli ko’rgazma kitobxonlar ommasiga taqdim etildi. Ko’rgazmadagi yangi nashr etilgan o’zbek va jahon adabiyotlari kitobxonlarga juda manzur bo’lmoqda.



