
Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragon qurgan buyuk davlat va uning vorislari bo‘lgan temuriylar idora etib kelgan saltanatlar jahon tarixida ulkan iz qoldirganligi bilan ahamiyatlidir.…Amir Temur mulki millat yo‘lida fidoyilik ko‘rgizgan Chinakam xalq yaratgan dahodir. U xon avlodi emas, xalq ichidan o‘sib chiqqan buyuk davlat arbobi hisoblanadi.
Temuriylar davri tarixini o‘rganish va ilmiy natijalarni keng targ‘ib etish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ning 24-26- bandlarini amalga oshrish bo‘yicha Mirzaobod TAKMning “Chora-tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-aprel kuni Guliston Pedagogika Akademik litseyi bilan hamkorlikda “Xalq yaratgan daho” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning davlatni bunyod etish va uni boshqarish sifatida qoldirgan merosini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda litsey o‘quvchilari ishtirok etishdi.


