O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o’qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-9-son qaroriga asosan joriy yilning 13-17- aprel kunlarida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ni o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu mavzuda Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ishlab chiqilgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” chora-tadbirlar rejasiga asosan 13- aprel kuni markazda “VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish tadbiri” tashkil etildi. Tadbirda “Navro‘z” MFYdan S.Usmonova, “Nuroniylar uyushmasi” raisi B. Xudoyberdiyev, Akademik litsey va maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Haftalik uchun tayyorlangan “Kitob -buyuklik sari ko‘prik” nomli ko‘rgazma keng ommali kitobxonlarga taqdim etildi. Tadbirda TAKM xizmat rahbari R. Umarova va bibliograf M. Turapova bir hafta mobaynida o‘tkaziladigan “Kitobxonlik haftaligi”, haftalikdan joy olgan kitobxonlik tadbirlari borasida ma’lumotlar berdi. Nuroniy B. Xudoyberdiyev kitobxonlarga kitob o‘qishning foydali jihatlari va tarbiyaviy ahamiyati borasida fikr-mulohozalarini bildirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan