Sirdaryo viloyat hokimining 2026-yil 28-apreldagi №05-1-61-sonli yig‘ilish bayonining 7-bandi ijrosi yuzasidan, 15-may — Xalqaro oila kunini nishonlash hamda 1-maydan 30-maygacha davom etayotgan “Oilamiz — kelajagimiz” oyligi doirasida “Kitobxon ona – kitobxon bola” ruknidagi kitobxonlik targ‘ibot tadbirlari Mirzaobod tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18- may kuni tumandagi “Navro‘z” mahallasi xonadonlarida tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — oilalarda kitobxonlik muhitini va mutolaa madaniyatini shakllantirish, onalarning intellektual salohiyatini oshirish hamda farzand tarbiyasida kitobning o‘rnini targ‘ib qilishdan iboratdir. Markaz xodimlari xonadonlarda bo‘lib, kitobxon onalar bilan samimiy suhbatlar olib bordilar. Onalarning farzandlarida kitobga muhabbat uyg‘otishning samarali usullari haqida fikrlashdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan