Joriy yilning 20 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 7- fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ – 46- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzaobod tuman Axborot – kutubxona markazida kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Bibliografiya xizmat rahbari Malika Abduqodirova huquqiy savodxonlik borasida batafsil ma’lumotlar berdi. Ularni qiziqtirgan savollariga kerakli javoblar berildi.


