O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o’qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-9-son qarori ijrosini amalga oshirish maqsadida Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 1- sonli maktab bilan hamkorlikda kitob taqdimotini o‘tkazishdi.

Maktabning 6- sinf o‘quvchilariga markaz kutubxonasiga yangi kelgan adabiyotlardan “Sherlok Xolms nabirasi” nomli kitob yaqindan tanishtirildi. “Meyzi Xitchins mashhur detektiv bo‘lishni xohlaydi. Ammo u hali kichkina, buvusi bilan yashaydi… Meyzi detektiv jumboqlarni hal qilishni juda yaxshi ko‘radi…”Kitobni o‘qib chiqqan o‘quvchiga Meyzi nomli jajji detektiv albatta yoqib qoladi.

